Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama prezidentlik davrida ming soatdan ziyod vaqtni golf o‘ynashga bag‘ishladi
Jurnalistlar Oq uy rahbari prezidentlikka saylangan 2009 yildan buyon golf o‘ynashga necha soat ajratganini hisoblab chiqishdi. Bu haqdagi ma'lumot yakshanba, 23 avgust kuni CNN telekanali orqali e'lon qilingan.
State of the Union teledasturi boshlovchisi Barak Obamaning jami 247 partiya golf o‘ynagani, buning uchun 1,1 ming soatdan ko‘proq vaqt ajratganini aytib o‘tdi.
Amerika rahbariga turli vaqtlarda siyosatchilar, aktyorlar va sportchilar, jumladan, sobiq AQSh prezidenti Bill Klinton, basketbolchi Stefan Karri hamda amerikalik aktyor va prodyussyor Devid Larri raqiblik qilgan.
8 avgust kuni Obama Massachusets shtatidagi Martas-Vin'yard oroliga ikki haftalik ta'tilga otlangani xabar berilgan edi.
Bu vaqtda Obamaning golf o‘ynashi, sohilda xordiq chiqarishi, velosipedda sayr qilishi va oila a'zolari bilan tushlik qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, AQSh rahbari mutolaa uchun vaqt ajratishi, o‘zi bilan badiiy, ilmiy va fantastik janrdagi oltita kitobni olib ketgani ma'lum qilingan.
2014 yildagi ta'til vaqtida "IShID" jangarilari amerikalik jurnalist Jyeyms Foulini qatl qilgani haqidagi xabar tarqatilganidan keyin rasmiy munosabat bildirganidan so‘ng darhol golf o‘ynashga ketgani qizg‘in e'tirozlarga sabab bo‘lgandi.
Barak Obama 2009 yilning 20 yanvar kuni AQSh prezidentligiga saylangan bo‘lib, uning muddati 2017 yil yanvar oyida nihoyasiga yetadi.