Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Papua-Yangi Gvineyada 54 nafar odamxo‘r hibsga olindi
Papua-Yangi Gvineyaning G‘arbiy viloyatidagi tashqi dunyodan uzilib qolgan Vaydabodolo va Damera qishloqlarida o‘tkazilgan maxsus amaliyot davomida kannibalizm (odamxo‘rlik) jinoyatida ayblangan 54 kishi hibsga olindi.
TASS nashrining xabariga ko‘ra, bu harbiy amaliyot 14 avgust kuni o‘tkazilgan va unda 35 nafar harbiy va politsiyachilar ishtirok etishgan.
G‘arbiy viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma'lum qilishicha, 2009 yildan buyon Flay daryosining ikkinchi tomonida qonunsizlik hukm surib keladi.
"Bu hududda tarqalgan diniy aqidalar va qadimdan meros bo‘lib kelgan an'analar odamxo‘rlikka ruxsat beradi. Kanniballar odamlarning boshini olishadi va uylarga o‘t qo‘yishadi", deb ma'lum qilgan mahalliy politsiya boshlig‘i Silva Sika.
Papua-Yangi Gvineyada "shamanizm"ga e'tiqod kuchli bo‘lgani bois kannibalizm keng yoyilgan.
2012 yilning yozida kanniballar jamiyati a'zolari Madangdagi saylovlarni buzishga muvaffaq bo‘lishgandi. O‘shanda kanniballar bu bilan saylovlar orqali firibgar shamanlar, tamagirlarga qarshi qonunlar ishlab chiqilishiga qarshilik ko‘rsatishgan.