Jahon | 09:26 / 24.08.2015
3136
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston Kobulni tolibonlarni erkalatib yuborganlikda aybladi

Pokiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan afg‘on elchisi chaqirib olinib, unga Afg‘oniston hududidan minomyot orqali otishma uyushtirilishi natijasida to‘rt nafar pokistonlik harbiyning halok bo‘lgani munosabati bilan norozilik bildirildi, deya xabar berdi VVS.

Rasmiy Islomobodning qayd etishicha, mazkur otishma ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarga yomon ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, Pokiston hukumati Pokiston toliblari rahbarlari o‘z xurujlarini amalga oshirishda Afg‘oniston hududidan foydalanayotganiga e'tiroz bildirgan.

O‘z navbatida, Kobul Islomobodni harbiy bazasi Pokistonning Kvetta shahrida joylashganligi gumon qilinayotgan afg‘on toliblariga boshpana berganlikda ayblamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish