Iqtisodiyot | 20:10 / 24.08.2015
4105
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada dollarning rasmiy kursi 2,62 rublga o‘sdi

Rossiya Markaziy banki 25 avgust kuni uchun dollar va yevroning yangi kurslarini e'lon qildi.

25 avgust kuni uchun Rossiyada dollarning kursi 70,7465 rubl deb belgilandi. Shu tariqa, o‘tgan kun bilan qiyoslaganda rubl qiymati 2,62 rublga o‘sdi.

Yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 4,5 rublga o‘sib, 81,1533 rublni tashkil etdi.

Bivalyuta korzinasining narxi 3,46 rublga o‘sib, 75,43 rublni tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish