O‘zbekiston | 11:55 / 25.08.2015
1614
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekturizm”ning Yaponiyadagi faxriy vakili tayinlandi

Yaponiya liberal-demokratik partiyasi raisi, Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi o‘rinbosari, Butunyaponiya turistik agentliklari uyushmasi prezidenti Toshixiro Nikay “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Yaponiyadagi faxriy vakili etib tayinlandi.

“O‘zbekistonga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorman, - dedi Nikay “Jahon” agentligiga bergan intervyusida. – Bu mening uchun ulkan sharafdir. Men davlatlarimiz o‘rtasida turistik hamkorlikni rivojlantirish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman”.
Shuningdek, u fursatdan foydalanib, tegishli sertifikat topshirilishi chog‘ida barcha o‘zbekistonliklarni mustaqillikning 24 yilligi bilan tabrikladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish