Texnologiya | 09:44 / 25.08.2015
2161
2 daqiqa o‘qiladi

Apple Tesla’dan avtopilotlar bo‘yicha mutaxassisni yolladi

Apple kompaniyasi Tesla sobiq katta muhandisi Jyeymi Karlsonni yolladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Karlson Tesla’da haydovchisiz boshqariladigan mashinalar loyihalari ustida ishlagan. Undan tashqari, shu sohaga ixtisoslashgan yana 6 mutaxassis Apple’ga o‘tdi. Jumladan, kompaniya Volkswagen konsernidan muhandislarni, Nvidia’ning avtomobillarda obektlarni tanish tizimi ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi mutaxassislarini, shuningdek, Fiat Chrysler Automobiles alyansining top-menejyerini hamda tadqiqot institutlaridan bir qancha olimlarni ishga yolladi.
Ilgari Tesla rahbari Ilon Mask Apple uning xodimlariga mehnat shartnomasini imzolaganlik uchun 250 ming dollar bonus berishga va ish haqini 60 foizga ko‘tarishga va'da berganini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, Apple A123 Systems, Samsung, LG, Panasonic va Toshiba mutaxassislarini jalb qilishga uringani ma'lum bo‘ldi.
Kompaniya avtopilotli mashina yaratishi haqidagi gap-so‘zlar 2015 yil boshida tarqaldi. Bunday turdagi birinchi mashina 2020 yili ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Lekin brend vakillari hali biror marta axborotni rasman tasdiqlaganlari yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish