Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:29 / 25.08.2015
2592
1 daqiqa o‘qiladi
Arsen Venger: Benzema haqida unutish kerak, "Real" uni qo‘yib yubormaydi
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z jamoasi "Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzemaga qiziqishlarini to‘xtatgani haqida ma'lum qildi.
"OAV orqali keng yoritilgan bu mavzu endi to‘xtatilishi kerak. Futbolchining "Real" bilan shartnomasi bor, "Real" esa bir necha marta uni sotmasligini ma'lum qildi.
O‘z o‘rnida aytishim kerakki, biz ham hech qaysi futbolchimizni sotmoqchi emasmiz", deydi Venger.