Jahon | 16:15 / 25.08.2015
2834
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniya Rossiya bilan chegarada 2 metrli devor qurmoqchi

Estoniya rahbariyati Rossiya bilan chegarada 2 m balandlikka ega devor barpo etishga qaror qildi. Bu haqda Postimees nashri xabar berdi.

Aytilishicha, politsiya va cheraga qorovuli departamenti quruqlikdagi chegaraning kamida uchdan ikki qismini devor bilan to‘smoqchi. Bu bilan chegara buzilish holatlarini kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Devor kamida 108 km uzunlikka ega bo‘ladi. U dronlar va kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi.

Chegarani mustahkamlash ishlari 2018 yilda o‘tkaziladi. Loyiha qiymati 71 mln yevroni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish