Jahon | 00:00 / 25.08.2015
5499
1 daqiqa o‘qiladi

Ikkala Koreya milliy adovat tufayli ajralib qolgan oilalar o‘rtasidagi uchrashuvning amalga oshishiga ko‘mak beradi

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilikka barham berish bo‘yicha o‘z yakuniga yetgan muzokaralarda o‘zaro adovat sababli chegaralarning ikki tomonida ajralib qolgan qarindoshlar o‘rtasida almashuvni rivojlantirish haqida kelishib oldilar. Bu haqda Ryonxap axborot agentligi ma'lum qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar milliy adovat tufayli ajralib qolgan oilalar a'zolarining keyinchalik uchrashuvlarini tashkillashtirish uchun ularning ro‘yxati bilan o‘zaro almashadilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish