Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada gidroplan qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Kanadaning Kvebek viloyatida gidroplan yerga qulashi oqibatida 6 yo‘lovchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Montreal Gazette nashri.
Halok bo‘lganlar 4 nafar Buyuk Britaniya fuqarosi, fransiyalik bir sayyoh va uchuvchidan iborat.
Gidroplanga egalik qiluvchi Saguenay Air aviakompaniyasining rahbari Jin Trembleyning aytishicha, uchuvchi katta tajribaga ega bo‘lgan va kompaniyada 14 yildan beri ishlab kelgan.
Fojia Le-Berjyeron munitsipalitetidan 6 km uzoqlikda sodir bo‘ldi. Gidroplanning qidiruv ishlari hududning zich o‘rmonga egaligi tufayli qiyinlashgan.