O‘zbekiston | 17:51 / 25.08.2015
2633
2 daqiqa o‘qiladi

Pastdarg‘om tumanida hashar yo‘li bilan madaniyat va istirohat bog‘i qurildi

Mustaqillik bayramining 24 yilligiga Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi «Olti kahramon» mahallasida yangi «Kamolot bog‘i» foydalanishga topshiriladi, deb yozmoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Mazkur istirohat bog‘i tuman hokimligi boshchiligida hashar yo‘li bilan barpo etildi. Hozirda bu yerda so‘nggi yakunlash ishlari olib borilmoqda.

Bog‘da bolalar uchun attraksionlar, pavilon, tomoshalar o‘tkazish uchun 2,5 ming muxlisga mo‘ljallangan amfiteatr joylashgan. Iqlim mo‘'tadilligini ta'minlash turish maqsadida hududda sun'iy ko‘l, favvoralar o‘rnatilgan.

Kechki paytda mazkur favvoralar chiroqlar yordamida kamalak tusida rang sochadi. Istirohat bog‘i hududi 3 gektar yerni o‘z ichiga olgan bo‘lib, hududga mingdan oshiq manzarali daraxtlar, kashtan, yapon soforasi, terak, archa va yana bir qancha gul navlari ekildi. Yotqizilgan yashil hududlarda yo‘lakchalar tashkil qilinib ularga maxsus dam olish uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlar o‘rnatildi. Ko‘lni va fontanlarni doimi ishlashini ta'minlash maqsadida 215 metr chuqurlikdagi artezian suv qudug‘i qurildi. Hozirda bog‘ning ochilishiga doir tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bayram tantanalarida ishtirok etuvchilar repetitsiya jarayonini davom ettirishyapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish