Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Abu Dabi shahzodasi va Iordaniya qiroli bilan muzokaralar o‘tkazadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Iordaniya qiroli Abdulla II va Abu Dabi valiahd shahzodasi Muhammad al-Nahayyan bilan uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, IShID va Suriya inqirozi ko‘rib chiqiladi.
Iordaniya qiroli Rossiyaga Putinning taklifi bilan tashrif buyurdi. Bu uning 2001 yildan buyon Rossiyaga 14-tashrifi bo‘ladi. Oxirgi marta u Moskvaga 2014 yil 2 oktabrida kelgan edi.
Ta'kidlanishicha, ikki tomonlama uchrashuvda ko‘tariladigan birlamchi masala qo‘shma loyihalar bo‘ladi. Bundan tashqari, madaniy-gumanitar sohada iordaniyalik talabalarning Rossiya oliygohlarida o‘qishi uchun kvotalar oshirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Abu Dabi shahzodasi esa MAKS-2015 aviasaloniga tashrif buyuradi hamda ushbu tadbir doirasida Rossiya rahbari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ularning uchrashuvida birinchi navbatda energetika sohasidagi hamkorlik muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 25 avgust kuni Moskva viloyatidagi Jukovka shahrida Xalqaro aviatsion-kosmik saloni – MAKS-2015 start oladi. Tadbir 30 avgustga qadar davom etadi.