Jahon | 10:08 / 25.08.2015
9038
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda 116 talaba tibbiyot universitetidan haydaladi

Yangi o‘quv yili arafasida Qozog‘istonda 116 nafar talaba tibbiyot universitetidan haydalishi mumkin. KTK telekanalining ma'lum qilishicha, jambullik yoshlar talabalar safidan chiqarilib, o‘z qishloqlariga qaytib ketishga majbur bo‘ladi.

Uch yil muqaddam Jambul viloyat hokimligi kam ta'minlangan yoshlarga oliy ta'lim berish tashabbusini ishga tushirgan edi, ammo hokim almashishi bilan loyiha to‘xtatildi. Talabalarning aksariyati allaqachon o‘z qishloqlariga qaytishga tayyor, faqat 29 nafari hokimiyat bilan sudlashishda davom etmoqda.
Imtiyozli stipendiatlar bilan bog‘liq janjal bir yildan buyon davom etmoqda. Ular grantlardan mahrum bo‘lib, universitetdan qarz bo‘lib qolganlari uchun o‘qishdan haydalishi mumkin.

Aytilishicha, uzoq ovullardan talabalarning ota-onalari kelib, universitetdan yordam so‘ramoqda, ammo hozircha hech kim ularga quloq tutmayapti.
O‘qishning bir yili 800 ming tanga turadi. Bu pullarni 116 talabadan hech biri to‘lay olmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish