Jahon | 18:16 / 25.08.2015
2230
1 daqiqa o‘qiladi

Rospotrebnadzor Henkel zavodida rejadan tashqari ko‘rik o‘tkazmoqda

Rospotrebnadzor xizmati Rossiyaning Perm o‘lkasida joylashgan Henkel zavodida rejadan tashqari ko‘rik o‘tkazmoqda. Bu haqda xizmat vakili Natalya Ponomaryova TASS agentligiga ma'lum qildi.

“Rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazilmoqda, mahsulot namunalari olindi. Ular tekshirilmoqda. Boshqa axborot hozircha yo‘q”, - dedi u.
Rossiya bozorida Henkel Persil, “Laska”, Losk, “Moment” yelimi, “Pemolyuks”, Fa, Shauma va boshqa brendlari bilan ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish