Jahon | 10:27 / 25.08.2015
2690
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada MAKS-2015 aviasaloni ochildi

25 avgust kuni Moskva viloyatidagi Jukovsk shahrida Xalqaro aviatsion-kosmik saloni – MAKS-2015 start oladi. Tadbir 30 avgustga qadar davom etadi.

Tadbirning birinchi kunida aviasalonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif buyuradi. U aviatsion ko‘rgazmani ko‘zdan kechirib, mahalliy va xorijiy ishlanmalar va loyihalarga baho beradi.
MAKS dunyoning shu turdagi eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lib, 1993 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – Rossiyaning yuqori texnologiyalarini namoyish etish va mahalliy bozorning qo‘shma loyihalarga ochiqligini ko‘rsatish.

Aytilishicha, 2015 yilgi MAKSda 25 davlatdan tashrif buyurgan 150 kompaniya ishtirok etadi. Ular qatorida Avstriya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Fransiya kabilar bor.
Tadbir tashkilotchilari – Rossiya sanoat va savdo vazirligi, Rostex davlat korporatsiyasi, “Aviasalon” OAJ, bosh homiylari – “Rosoboroneksport” va VTB banki, homiylari – “Rossiya vertolyotlari” va Tashqi iqtisodiy aloqalar banki.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish