08:39 / 25.08.2015
3015

Rossiyalik operatorlar “Vikipediya”ni to‘sishni boshlashdi

Rossiyalik operatorlar “Vikipediya” internet-ensiklopediyasining rus tilidagi saytini to‘sishni boshlashdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Umuman vaziyat tushunarli: ertalabga yaqin ko‘pchilik foydalanuvchilarda saytning to‘liq versiyasi ishlashdan to‘xtaydi. Mobil versiyasi ishlashda davom etadi, chunki uning IP adreslari boshqacha”, deb aytilmoqda “Russkaya Vikipediya”ning tvitterdagi blogida.

Moskvada ba'zi internet-provayderlarning foydalanuvchilarida internet-ensiklopediyaga kirish o‘chirib qo‘yildi, Rossiyaning boshqa hududlaridagi foydalanuvchilar ham saytga kirishning iloji bo‘lmayotganini ta'kidlashmoqda. Ayni paytda “Vikipediya”ning mobil versiyasi ishlab turibdi.

Top