Jahon | 16:27 / 25.08.2015
1859
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik taniqli rejissyor Qozonda o‘tadigan musulmon kinosi festivali jyurisiga boshchilik qiladi

Rossiyalik taniqli aktyor va rejissyor Vladimir Menshov XI Qozon xalqaro musulmon kinosi festivali jyurisiga rais etib tayinlandi. Bu haqda TASS agentligiga Tatariston madaniyat vaziri Ayrat Sibagatullina ma'lumot berdi.

Jyuriga, shuningdek, latviyalik aktrisa Mirdza Martinsone, tataristonlik rejissyor Ildar Yagafarov qabul qilindi. Ochilish marosimi 5 sentabr kuni Aliaskar Kamol nomli teatrda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda polshalik rejissyor Kshishtof Zanussi va aktyorlar Aleksandr Mixaylov, Boris Klyuyev, Kirill Pletnev ishtirok etishadi.
Festival 5-11 sentabr kunlari davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish