Iqtisodiyot | 10:20 / 25.08.2015
2500
1 daqiqa o‘qiladi

Shanxay birja indeksi yana 6 foizga pastladi

Seshanba, 25 avgust kuni tongda Shanxay fond birjasi indeksi yana 6,41 foizga pastladi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan savdolar chog‘ida Shanxay fond birjasining indeksi 2007 yilgi rekord darajada pastlagani xabar qilingan edi.

Savdolar yakuniga ko‘ra, Shanghai Composite Index Shanxay fond birjasi asosiy indeksi yana 6,41 foizga pastlab, 3004,13 punktni tashkil etdi. Ayni paytda, Shenchjenning Shenzhen Composite Index ham pastlashda davom etmoqda. Bugun tongda uning indeksi 6,97 foizga pastlab, 1751,28 punktni tashkil etdi.

Tahlilchilar ushbu holatni investorlarning Xitoy iqtisodiyoti rivojiga shubha bilan qarayotgani bilan bog‘lamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish