Jahon | 02:36 / 25.08.2015
4125
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yarim harbiy tartibni bekor qiladi

Shimoliy Koreya Koreya yarimorolidagi inqirozning keskinlashishi sababli kiritilgan yarim harbiy tartibni bekor qiladi, deb aytilmoqda Koreya davlatlarining ikki kun davom etgan muzokaralari yakunlariga ko‘ra tuzilgan qo‘shma bayonotda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Tomonlar tez orada ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilanishiga qaratilgan muzokaralarning o‘tkazilishini ma'lum qildilar.
Bundan avval Seul i Pxenyan tashviqot uzatilishining to‘xtatilishi va qarindoshlar almashish bo‘yicha kelishib olganlari ma'lum qilingandi.
Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi oxirgi kunlardagi keskinlik Janubiy koreyalik askarlar minaga tushib qolganlaridan keyin keskin kuchayib ketdi. Janubiy Koreya bunga javoban oxirgi 11 yil ichida birinchi marta Shimoliy Koreyani tanqid qiluvchi tashviqotni olib borish uchun ovoz karnaylarini ishga tushirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish