Jamiyat | 17:03 / 25.08.2015
2538
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Slovakiya ansambli chiqishi bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 29 avgust kuni Toshkentda mashhur slovak folklor ansambli — Sharishanning konsert namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Toshkent shahri hokimiyati bilan hamkorlikda G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etiladi.

Toshkentdagi Slovakiya elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, Sharishan (Šarišan) folklor ansambli Preshovdagi madaniyat va istirohat bog‘i qoshida tashkil etilgan. Mazkur musiqiy jamoa Sharish hududining milliy raqs va musiqasi ijrochilari ichida yetakchilardan hisoblanadi.

60 nafardan ziyod yosh san'atkorlar har yili Slovakiya va xorijdagi konsert tomoshalarida musiqa chaladi, qo‘shiq ijro etib, raqsga tushadi.
Sharishan folklor ansambli dasturi sharqiy Slovakiya hududlari — Sharish, Zemplin, Spish va Gemerning xalq raqslari va musiqiy an'analarini o‘zida aks ettirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish