Texnologiya | 09:40 / 25.08.2015
2814
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota ikkita yangi sportkar ishlab chiqaradi

Toyota kompaniyasi ikkita yangi sportkar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ulardan biri model qatorida GT86dan pastroq, ikkinchisi esa yuqoriroq pog‘onani egallaydi.

Motoring nashriga ma'lum bo‘lishicha, mitti sportkar prototipi Tokiodagi motorshouda oktabrda taqdim etiladi. Seriyali versiya shassisi ustida ralli bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni Tommi Myakinen ishlaydi. U ayni paytda 2017 yili WRC’ga qaytadigan Toyota ralli jamoasining rahbari bo‘ladi.

Mitti sportkarning vazni 1 tonnadan kamroq bo‘ladi, u 130 ot kuchiga ega 1.5 l li dvigtayelga ega bo‘ladi. Model dilerlar qo‘liga 2017 yil boshida yetib keladi. Uning narxi taxminan 20 ming dollarni tashkil qiladi.
Keyingi sportkar Supra modelining davomchisi bo‘ladi. S-FR degan nomni oladigan mashina alyuminiy va karbondan konstruksiya qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish