Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:01 / 25.08.2015
3114
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada Boku-Tbilisi-Erzurum gaz quvurida portlash sodir bo‘ldi
Jangarilar Turkiyaning Kars viloyatidagi Boku-Tbilisi-Erzurum gaz quvurini portlatishdi. Bu haqda viloyati gubernatoriga asoslanib, Daily Sabah nashri xabar bergan.
Gubernatorning ma'lum qilishicha, bu terakt "Kurdiston ishchilar partiyasi" a'zolari tomonidan tashkil qilindi. Bu hujumda 20 nafardan ortiq jangari ishtirok etgani aytilgan.
Ayni vaqtda voqea hududida mutaxassislar guruhi ish olib borishmoqda va xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.
Atrofdagi hududlarda harbiylar miqdori oshirilgan. Jangarilar bilvn otishmalar davom etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish