Jamiyat | 16:15 / 25.08.2015
2902
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Osiyodagi eng katta shishali tomosha maydoni ochiladi

Xitoyda qoya ustida joylashadigan yangi shishali tomosha maydonchasi ochiladi. Crienglish.com saytining ma'lum qilishicha, bu Osiyodagi bunday turdagi eng yirik inshoot bo‘ladi. U XXR janubi-g‘arbidagi Chuntsin viloyatida qurib bitirilmoqda.

Maydonchaning kengligi 11 m ni, uzunligi 26 m ni tashkil qiladi. Platforma Ulun milliy geologiya bog‘ida, 280 m balandlikda joylashgan. Ushbu konstruksiyadan foydalanishga jur'ati yetgan turistlar oyoqlari ostidagi manzaralarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Aytilishicha, loyiha diqqatga sazovor joylarni oddiy rakursdan ko‘rish badiga urgan sayyohlarga mo‘ljallangan.
Maydoncha 3 qavatli toblangan shishadan yasaladi. Har bir qatlam 10 tonnaga og‘irlik ko‘tara oladi.
Platforma XXR tashkil topgan kun arafasida ochilishi kutilmoqda. Mamlakatning ushbu asosiy bayrami har yilning 1 oktabr kuni nishonlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish