Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada oltin va kumushning ko‘p miqdordagi zaxiralari aniqlandi
Amerikalik geofiziklar mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda Yangi Zelandiya hududidagi Shimoliy orolda oltin va kumushning ulkan zaxiralari borligini aniqlashdi. Olib borilgan tadqiqot natijalari Geothermics jurnalida e'lon qilingan.
Phys.org saytida yozilishicha, Shimoliy orol hududida olimlar oltin va kumush zaxiralari joylashgan oltita nuqtani qayd etishgan. Bunday nuqtlar Taupo vulqoni atrofidagi hududlarda joylashgan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bu hududdagi oltin qazib olinishi orqali har yili 3 milliard dollar, kumush qazib olish orqali esa 3,5 milliard dollar daromad qilish mumkin bo‘ladi.
Qayd etilshicha, Rotokava va Mokai hududlarida qimmatbaho metallar qazib olishni yo‘lga qo‘yib, bu nuqtalardan yiliga 7,5 tonna oltin qazib olish mumkin.
Ma'lumot uchun, bu yer osti boyliklarining bir qismi sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan Taupo ko‘li ostida joylashgan.