Jahon | 20:06 / 25.08.2015
5000
1 daqiqa o‘qiladi

Zimbabvelik yo‘lboshlovchi sher changalidan omon chiqa olmadi

Amerikalik stomatolog tomonidan Sesila laqabli mashhur sher otib tashlanishi tufayli dunyoga tanilgan Zimbabvening Xvang milliy bog‘ida Nksaxa laqabli sher yo‘lboshlovchining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bog‘ ma'muriyatining ma'lum qilishicha, yo‘lboshlovchi jonivorlar sharpasini sezganidan so‘ng sherlar qo‘nalg‘asiga yaqinlashgan. Uni payqagan erkak sherlardan biri ekskursovodga tashlanib, qattiq jarohatlagan. Oqibatda yo‘lboshlovchi hayotdan ko‘z yumgan.

Avvalroq Zimbabve prezidenti Robert Mugabe mamlakat aholisi qarshisida so‘zga chiqib, mamlakat ramzlaridan biriga aylangan Sesila sherining o‘limiga sabab bo‘lgan “xorijlik vandallar”ni tanqid qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish