Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibining yordamchisi Qozog‘istonga tashrif buyuradi
AQSh davlat kotibining yordamchisi Tomas Kantrimen 27-28 avgust kunlari Qozog‘istonda bo‘lib, MAGATE bilan hamkorlikda yaratilayotgan kam boyitilgan uran bankining ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda AQSh davlat departamentining xabarnomasi orqali ma'lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, Kantrimen Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov va energetika vaziri Vladimir Shkolnik bilan uchrashib, yadroviy qurol tarqatmaslik masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, u Qozog‘iston xalqaro ilmiy-texnik markazida bo‘ladi.
Qozog‘istonga yo‘l olishdan oldin Kantrimen 24-25 avgust kunlari Meksikaga safar uyushtirishi, 31 avgustdan 1 sentabrga qadar esa Sloveniyada bo‘ladi.