Jahon | 06:15 / 26.08.2015
3278
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Matviyenkoga faqatgina Manxettenga tashrif buyurish huquqi bilan viza beradi

Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko agar uning tashrifi 3 kundan oshmasa va BMT qarorgohi tashqarisiga chiqmasa, shunda viza olishi mumkin, deb xabar bermoqda RBK telekanali.

AQSh elchixonasida ta'kidlanishicha, viza berish oliy palata vakili BMT liniyasi bo‘ylab uchrashuvlardan birida ishtirok etmoqchi bo‘lganidan keyin paydo bo‘ldi.

“Biz Matviyenkoga ushbu uchrashuv uchun albatta viza berishimiz kerak edi”, deb aytgan vakil.

Qayd etilishicha, cheklovga muvofiq, Matviyenko Manxetten markazidan 25 km uzoqroqqa chiqa olmaydi. AQSh elchixonasida Matviyenkoga 26 avgustgacha viza berilishi ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish