Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Suriya Rossiyaga ishonishda davom etishini ma'lum qildi
Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z mamlakati Rossiya tomonidan Yaqin Sharqdagi siyosiy inqiroz holatida qo‘llab-quvvatlanganini ta'kidladi va bu davlatga ishonch bildirishda davom etishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bergan.
"Rossiyaga ishonch darajamiz yuqori darajada. Ular siyosiy tanglik holatida bizning tarafdorimiz sifatida harakat qilmoqda. O‘zaro aloqalarimiz mustahkam holatda", deydi Bashar Asad.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriya hukumatining o‘z xalqi bilan munosabatlariga xalal bermaydi va ichki ishlariga aralashmaydi.
Biroz oldinroq, Rossiya Bashar Asadning iste'foga chiqarilishini ma'qullamasligini bildirgandi.