Jamiyat | 10:11 / 26.08.2015
3393
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyada rossiyalik sayyohlar soni antirekord qayd etdi

So‘nggi oylar statistikasi shuni ko‘rsatmoqda, Estoniyaga tashrif buyuruvchi rossiyalik sayyohlar soni yanada pastlashi imkonsiz bo‘lgan darajaga tushib ketdi, – deydi Estoniya mehmonxonalari va restoranlari boshqaruv kengashi (EHRL) raisi Verni Loodmaa BNSga bergan intervyusida.

Iyun oyida mehmonxonalardan joy olgan rossiyalik sayyohlar soni 31 foizga, iyul oyida esa yana 5 foizga kamaydi.

Loodmaaning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar sonining kamayib ketishi sayyohlik va mehmonxona sohasida jiddiy xavotirlarni uyg‘otmoqda. Rublning yevroga nisbatan kursi rekord darajada tushib ketgani haqidagi xabar kelajakka bo‘lgan ishonchsizlikni oshiradi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda sayyohlar soni keskin kamayib ketgani bois Tallin va Ida-Virumaadagi mehmonxona xo‘jaliklari eng ko‘p zarar ko‘rgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish