O‘zbekiston | 12:58 / 26.08.2015
3164
2 daqiqa o‘qiladi

GEFCO Baltic O‘zbekistonga MAN ehtiyot qismlarini yetkazib beradi

GEFCO Group industrial logistika korporatsiyasining GEFCO Baltic bo‘linmasi Germaniyaning yuk avtomobillari, avtobuslar va tijoriy transport ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyasi – MAN bilan shartnoma imzoladi. Latviya matbuotining xabar berishicha, shartnomaga binoan GEFCO maxsus multimodal yechimdan foydalangan holda MAN ehtiyot qismlarini kompaniyaning Germaniya va Avstriyadagi zavodlaridan O‘zbekistonga yetkazib beradi.

Loyiha 2014 yil aprelida boshlangan edi. Ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini yuqori baholagan MAN shartnomani uzaytirishga qaror qildi.
Shu yilning aprelidan keyingi yilga qadar Germaniyadan 800, Avstriyadan 50 konteynerda yuk O‘zbekistonga olib kelinadi.

GEFCO bosh direktori Martinas Kershis shartnomaning uzaytirilishiga munosabat bildirar ekan, ushbu loyihaning eng murakkab tomoni qisqa muddatda konteynerlarni manzilga yetkazish shart ekanligini aytdi: “Shuni ham e'tiborga olaylikki, yuk yetti davlat chegarasidan o‘tishi kerak.

Germaniya va Avstriya omborxonalaridan yukni O‘zbekistonga yetkazish uchun biz quruqlikda, dengiz va temir yo‘l transportini muvofiqlashtirib boramiz, shuningdek, 13 punktda bojxona rasmiyatchiligini amalga oshiramiz”.
2014 yilning aprelidan 2015 yil martiga qadar kompaniya Germaniya va Avstriyadan O‘zbekistonga 972 konteynerni yetkazib berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish