Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:24 / 26.08.2015
10276
1 daqiqa o‘qiladi
Leonardo Di Kaprio Orol muammosini tilga oldi
Hollivudning mashhur aktyori, ikki karra “Oltin globus” premiyasi sovrindori Leonardo Di Kaprio Instagram’dagi sahifasida Orol muammosini ko‘tardi.

“Suv ustida xayolan yurarkan, tuyalar Orol dengizining quruq tubidan kechib o‘tmoqda. Sug‘orish maqsadlariga suvning olinishi dengiz hajmini keskin qisqartirib yubordi, bir paytlar go‘zal oqim mavj urgan o‘rin kemalarning zanglayotgan bo‘laklariga qabriston bo‘ldi”, - deb yozdi aktyor o‘z sahifasida.
Xabarga Orol dengizidan sahna aks etgan fotosurat ilova qilindi.