Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malaka oshirish kurslarida soatlik dars beruvchilar uchun to‘lovlar oshiriladi
2015 yilning 1 sentabridan malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash muassasalarida soatli shartnoma asosida dars beradigan mutaxassislarga beriladigan to‘lov 25 foizga oshadi.
Bu Vazirlar Mahkamasining 20 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan malaka oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash, oliy o‘quv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiya qilish borasidagi bir qator hujjatlarda aks etdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga alohida yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorini belgilanganidan 50 foizgacha oshirish huquqi berildi.