Jahon | 03:21 / 26.08.2015
2817
2 daqiqa o‘qiladi

Oktyabrdan Ostona-Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshira boshlanadi

Joriy yilning oktabridan Qozog‘iston poytaxti Ostonadan Dubayga aviareys tashkil etiladi. Parvozlar Dubayning Flydubai kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Reys 26 okyatbrdan haftasiga 4 marta amalga oshiriladi. Flydubai kompaniyasi Qozog‘istonga bu yo‘nalish bo‘yicha parvoz amalga oshiruvchi Dubayning ilk aviatashuvchisi bo‘ladi”, deyilmoqda xabarda.

Ostonadan havoga ko‘tariladigan FZ706 reysi haftaning seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari, Dubaydan Ostonaga parvoz qiladigan FZ705 reysi dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Ostonadan Dubayga reyslardagi biznes-sinf uchun orqaga aytish bilan (u yerga-ortga) bilet 345 000 tengedan boshlanadi. Bu qiymatga ro‘yxatdan o‘tuvchi 40 kg yuk ham kiradi. Ekonom-sinf narxi 81 300 tengedan boshlanib, o‘z ichiga soliq yig‘imlari va 20 kg yukni oladi.

Flydubai aviakompaniyasining aviaparkiga o‘rtacha yoshi 3 yildan oshmagan 49 ta yangi Boeing 737-800 Next Generation samolyotlari kiradi. Aviakompaniya Dubaydan o‘zining 90 ta yo‘nalishi bo‘yicha 46 ta davlatga parvoz amalga oshiradi va Dubay xalqaro aeroportining 250 dan ortiq charter yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish