Jamiyat | 18:19 / 26.08.2015
6470
2 daqiqa o‘qiladi

Olma-Otada restoran xo‘jayini banket to‘lovidan qolgan qarz evaziga kelinni garovga oldi

Olma-Otadagi mashhur restoranlardan birining xo‘jayini banket haqi to‘lanmagani bois kelinni garovga olib qoldi. Bu haqda kelin-kuyovlarning guvohligiga tayangan holda Nur.kz portali xabar bermoqda.

Aytilishicha, Maqsut kreditga pul olib, Navoiy ko‘chasida joylashgan restoranda 150 kishilik dasturxon yozgan. To‘y xarajatlari kuyovga 2.15 mln tangaga tushgan. Pulning 70 foizi to‘yga qadar to‘lab bo‘lingan, qolgan qismini esa yoshlar mehmonlardan olingan sovg‘alar va to‘yona bilan uzishni rejalashtirishgan.

Ammo taklif qilingalarning 30 nafari noma'lum sabablarga ko‘ra tantanalarga tashrif buyurmadi. Shu bois to‘yona rejalashtirilganidan kamroq bo‘lgan. To‘y tugashi bilan restoran xo‘jayini ulardan qolgan 500 ming tangani to‘lashni talab qilgan.

U hattoki ertagacha qarab turishni istamay, kuyov qarzni qaytarmagunga qadar kelinni garovda ushlab turishini aytgan. Maqsut garovga mashinasini taklif qilishiga qaramay, restoran egasi kelinni ertalabga qadar garovda ushlab turgan. Maqsut tuni bilan xaridor qidirib, mashinani yarim narxiga sotib yuborgan va pullarni berib, rafiqasini ozod qilgan.
Oradan bir muddat o‘tgach, yoshlar restoran egasini sudga berishgan. Sud ishni ko‘rib chiqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish