Jahon | 12:03 / 26.08.2015
3252
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada 1945 yilning qishida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari topildi

Polshadagi Bzura daryosida 1945 yilning yanvarida urib tushirilgan sobiq ittifoq samolyoti va uning ikki uchuvchisi qoldiqlari aniqlandi, deya xabar berdi The Associated Press.

Samolyot fyuzelyaji bir necha qismlarga bo‘lingan, uning modeli esa batafsil tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi. Biroq samolyotning sobiq ittifoqqa tegishli ekaniga shubha yo‘q. Chunki uning bortida rus tilidagi yozuvlar, sovet parashyuti qoldiqlari, uchuvchilar libosi parchalari, ularning qurollari va radio saqlanib qolgan.

Visla muzeyi direktori Zdjislav Leshchinskiyning xabar berishicha, mazkur hududda 1945 yillarda istiqomat qilgan kishilar samolyotning nemis artilleriyasi tomonidan qanday urib tushirilganini yaxshi eslashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish