Jahon | 14:54 / 26.08.2015
2141
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning maoshini oshirish uchun 6.6 mlrd som ajratiladi

2016 yilda Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning maoshini oshirish uchun 6.6 mlrd som ajratiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev bugun bo‘lib o‘tgan ta'lim sohasi ishchilarining III s'yezdida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, 2015 yili bu sohaga 2.2 mlrd som ajratiladi.
“Byudjyetimiz uchun bu jiddiy mablag‘. Byudjyet ishchilarining maoshlari oshganda o‘qituvchilar chetda qolib ketdi. Ularning mehnatiga haq to‘lash uchun qo‘shimcha mablag‘ topildi”, - uning so‘zlarini keltiradi 24kg resursi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish