Jahon | 16:57 / 26.08.2015
2811
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda qadoqlangan tuz vaznining ko‘rsatilganidan kamligi aniqlandi

Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi qoshidagi metrologik nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi bir qator tuz ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari ma'lumotnomada ko‘rsatilganidan kamroq vaznga egaligini aniqladi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Tekshiruvlar davomida bunday huquqbuzarliklar “Lider Grupp” va “Povaryonok” MChJ mahsulotlarida aniqlandi. “Lider Grupp” MChJ mahsuloti belgilangandan (750 gr) 40-62 gr ga, “Povaryonok” MChJ mahsulotli belgilanganidan (1000 gr) 70-156 gr ga kam.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilikda ko‘rsatilgan ma'muriy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish