Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklarning muhojirlarga nisbatan "bag‘rikengligi" rekord darajada o‘sdi
Rossiya fuqarolarining muhojirlarga nisbatan bag‘rikengligi rekord darajaga yetdi. Avgust oyida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda 41 foiz respondentlar mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar qonuniylashtirilishi lozim, deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, so‘rovnomada qatnashgan rossiyaliklar muhojirlarning ish topishi va ularning Rossiya sharoitiga moslashuviga yordam berish lozim, degan fikrda.
Tahlilchilarning tasdiqlashicha, bag‘rikenglik darajasi misli ko‘rilmagan darajada oshgan — o‘tgan 2014 yilda 19 foizdan kamroq respondentlar muhojirlarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 2006 yildan bu ko‘rsatkich 15-35 foiz atrofida bo‘lgan.
Ayni paytda, 40 foizdan ziyod respondentlar sotsiologlar savoliga javob berar ekan, noqonuniy muhojirlarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish kerakligini aytishgan.
Mutaxassislar muhojirlarga nisbatan munosabat yaxshilanishi bilan bir qatorda, millatlararo va dinlararo keskinlikning kuchayganini ham qayd etishgan.
So‘nggi yillarda odatiy ksenofobiya (“o‘zga”lardan qo‘rqish yoki ulardan nafratlanish) obektlari (asosan o‘rta osiyoliklar) o‘rni Sharqiy Ukrainadagi hodisalar ta'sirida yangi toifalar — “fashistlar” va “Amerika tahdidi” bilan almashayotgani kuzatilmoqda.