Jahon | 16:17 / 26.08.2015
2862
1 daqiqa o‘qiladi

Ta'lim muassasalari kvotalarini maxsus komissiya belgilab beradigan bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining 17 avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari qabul komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, ta'lim muassasalari kvotalarini qabul bo‘yicha davlat komissiyasi belgilab beradi.

Nizom prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, bank-moliya akademiyasi, O‘zbekistondagi xorijiy va xalqaro oliygohlar filiallariga daxldor emas.
Komissiyaning tarkibi prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.

Davlat komissiyasining asosiy vazifalari sirasiga kelayotgan o‘quv yiliga kvotalarni belgilab berish, abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish jarayonining ochiqligi va xolisligini ta'minlash, oliygohlarga kirish uchun qo‘yiladigan talablar va kriteriylarni belgilab berish, test sinovlarini tashkil qilish jarayonini muvofiqlashtirib borish, oliygohlarga xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlov va musobaqalari g‘oliblarining kirishini ta'minlash va boshqalardan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish