Jahon | 19:47 / 26.08.2015
8088
2 daqiqa o‘qiladi

Ufada ikki qiz ermak qilib 50 nafar politsiyachini aldadi

Ufada oromgohda dam olayotgan ikki nafar 14 yoshli qiz ermak qilib o‘zlarining o‘g‘irlanganliklari haqida soxta ma'lumot berib, mahalliy politsiyachilarni aldadi. Bu haqda Boshqirdiston Respublikasi IIV matbuot xizmati saytida ma'lum qilindi.

“Bir qiz qo‘rqqan alfozda militsiya bo‘limiga telefon qilib, uni va singlisini noma'lum erkak o‘g‘irlaganini aytgan. Uning aytishicha, erkak ularni o‘rmon tomonga olib borib, mashinaga o‘tkazib o‘g‘irlab ketib, yopiq xonada saqlagan. Birozdan keyin jinoyatchi qizlarni ozod qilish uchun o‘z shartini ovoza etgan, ya'ni 2 million rubl talab qilgan. Qiz faqatgina jinoyatchi va uning mashinasining alohida belgilarini ayta olgan”, deyiladi xabarda.
Militsiya bo‘limiga kelib tushgan ushbu xabar bo‘yicha jinoyatchi va qizlarni qidirishga bo‘limning 50 nafar xodimidan tashkil topgan butun shaxsiy tarkibi otlangan, ular butun hududni aylanib chiqishgan, uylarning tomlari va yerto‘lalarini tekshirib chiqishgan. Jinoyatchi mashinasi belgilari tasvirlangan axborot barcha patrullarga jo‘natilgan. Yo‘l politsiyachilari tasvirlangan mashinaga o‘xshash barcha mashinalarni tekshirishgan. Biroq batafsil tekshiruvdan keyin qizlarning o‘g‘irlanishi holati umuman bo‘lmagani aniqlangan.
“Qo‘ng‘iroq egasining aytishicha, u bekorchilikdan telefonni olib, 02 xizmatiga telefon qilib, ularni laqillatishga qaror qilgan. Qizlar balog‘atga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ispektorlarga shu tariqa ermak qilishga qaror qilishganini aytishgan”, deb ta'kidlanadi huquq-tartibot bosh boshqarmasi matbuot xizmatida.
Ushbu voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Balog‘atga yetmagan qizlarning vakillarini qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish masalasi hal qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish