Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virjiniyada ikki telejurnalist efir vaqtida otib ketildi
26 avgust kuni AQShning Virjiniya shtatida 2 nafar telejurnalist to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida otib ketildi. Bu haqda WDBJ7 xabar qilgan.
Bu hodisa yozilgan videolavhada ularning hujum qiluvchidan qochishga harakat qilishi va yordam so‘rab baqirishlarini ko‘rish mumkin.
Aniqlik kiritilishicha, marhumlardan biri WDBJ7 telekanalida muxbir sifatida ishlagan 24 yoshli Elison Parker, ikkinchisi shu telekanali fotografi Adam Uord bo‘lgan.
Ayni vaqtda politsiya qotilni qidirmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ularni o‘z hamkasbi o‘ldirgan. Politsiya videolavhada ko‘rinish bergan uchinchi shaxsni izlamoqda.
Virjiniya shtati gubernatori Terri Makolif ham o‘z chiqishida marhumlar ularni telekanaldagi hamkasbi o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligi haqida aytgan.