Jahon | 10:53 / 27.08.2015
3641
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh "IShID"ga qarshi kurashda Bashar Asad bilan hamkorlik qilishni istamayapti

AQSh hukumati Suriya prezidenti Bashar Asadni "IShID"ga qarshi kuashda hamkor sifatida ko‘rmayapti. Bu haqda AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi ma'lum qilgan.

"Biz buni avval ham aytganmiz, Suriyada Asad rejimi o‘z kuchini yo‘qotgan. Bizning bu boradagi qarashlarimiz o‘zgarmaydi. Biz uni "IShID"ga qarshi olib borayotgan kurashimizda hamkor sifatida ko‘rmayapmiz", deydi u.

Uning bu chiqishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jangarilarga qarshi kurash Suriya hukumati bilan hamkorlikda olib borilishi kerakligi haqidagi bayonotidan keyin bildirildi.

Biroz oldinroq, Bashar Asad Suriya Rossiyaga ishonishda davom etishini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish