Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIK vakili: O‘zbekiston iqtisodiyoti mintaqadagi eng diversifikatsiyalangan iqtisodiyotdir
BMT qoshidagi Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) ijrochi kotibi o‘rinbosari Andrey Vasilev O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan tabrik xatini yo‘lladi. Maktub matni “Jahon” axborot agentligi tomonidan e'lon qilindi.
“O‘zbekistonni mustaqillikning 24 yilligi bilan tabriklayman. Respublika xalqiga baxt, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman, - deyiladi maktubda. – Shu yillar ichida mamlakat ko‘plab sohalarda oldinga qadam tashladi, keng miqyosli islohotlar o‘tkazdi”.
“Global iqtisodiyotdagi inqirozga qaramay, respublika ko‘rsatkichlari sog‘lom va ijobiy dinamika ko‘rsatmoqda. Uning iqtisodiyoti Markaziy Osiyodagi eng diversifikatsiyalangan iqtisodiyotga aylanib bormoqda.
Infrastruktura, avtomobil sanoati, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanib bormoqda”, - so‘zida davom etdi Vasilev.
Uning ta'kidlashicha, komissiya O‘zbekiston bilan ko‘plab sohalarda hamkorlik qilmoqda. Ekologik muammolardan tashqari, innovatsion faoliyat va tijorat sohasida aloqalar rivojlanib bormoqda.