Jahon | 19:17 / 27.08.2015
3327
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada ilk bor ayol kishi bosh vazir sifatida tayinlandi

Gretsiya prezidenti Prokopis Pavlopulos 27 avgust, payshanba kuni mamlakat bosh vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimiga yangi tayinlangan rahbar nomini e'lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, endilikda mazkur lavozimda Konstitutsion sud raisi sifatida ishlab kelgan Vasiliku Tanu-Xrestofilu ish olib boradi. Buning natijasida Tanu-Xrestofilu Gretsiya tarixida ilk ayol bosh vazir sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

Juma kunidan boshlab u yangi lavozimni qabul qilib olishi kerak bo‘ladi.

«Sinaspizmos» partiyasi va so‘l tomon radikal Koalitsiyasi yetakchisi («Siriza») Aleksis Tsipras o‘z lavozimidan ketgach, yangi parlament saylovlarini tashkil qilishni rejalashtirgandi. Biroq bu ish amalga oshmay qolgandi.

Endilikda saylovlar sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish