O‘zbekiston | 14:26 / 27.08.2015
18756
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov: Toshkentda zamonaviy shahar quriladi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 25 avgust kuni Toshkentning Olmazor tumani aholisi bilan uchrashuv chog‘ida yaqin 6-7 yil ichida eski shahar o‘rnida superzamonaviy shahar qurilishini ma'lum qildi.

“6-7 yildan so‘ng eski shahar o‘rnida superzamonaviy shahar qad ko‘taradi, Xudo xohlasa, sizlar bilan shu yerda uchrashamiz”, - dedi u oqsoqollar bilan uchrashuv chog‘ida.

Shuningdek, u 1966 yilgi zilziladan so‘ng qurilgan uylarga eski shahar odamlari ko‘chib o‘tmaganini eslatib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish