Jahon | 12:14 / 27.08.2015
3217
1 daqiqa o‘qiladi

Luizianada jinoyatchi uch kishini jarohatlab, do‘konda barrikada qurib oldi

AQShning Luiziana shtatidagi Sanset shahrida ro‘y bergan otishma natijasida uch kishi, shu jumladan, bir politsiyachi jarohatlandi, deya xabar berdi KPLC 7.

Jinoyatchi kichik shaharchadagi supermarketda o‘ziga to‘siq qurib olgan. Mahalliy politsiyaga yaqin shaharlardan maxsus xizmat vakillari yordamga kelishgan. Hodisa ro‘y bergan joyda gumondorning ukasi borligi ham aytilmoqda.

Luiziana sherifining ma'lum qilishicha, jinoyatchi ikki kishini sovuq qurol bilan jarohatlagan, shundan so‘ng jinoyatchi chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiyachiga qarata o‘q otgan.

Hodisadan so‘ng jinoyatchi avtomobil bilan do‘kon vitrinasini sindirib o‘tib, supermarket ichkarisida bekinib olgan, deb yozadi Huffington Post.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish