Iqtisodiyot | 03:38 / 27.08.2015
4904
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda konserva ishlab chiqarish hajmi 2 barobarga ko‘payadi

Yaqin besh yil ichida O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash 1.5, konserva mahsulotlari ishlab chiqarish esa 2 barobarga ko‘payadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining navbatdagi matbuot anjumanida mana shunday parametrlar belgilab berildi.
Shuningdek, uyushma tizimida joriy yilning o‘tgan davrida 100ga yaqin yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, qariyb 5 mingta yangi ish o‘rni yaratilgani xabar qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish