Sport | 11:31 / 27.08.2015
2345
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yosh taekvondchilar o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi

O‘zbekistonlik yosh taekvondchilar Jasurbek Zokirov va Islomjon Adhamov Janubiy Koreyaning Mujchu shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining sovrindorlari bo‘lishdi.

Ma'lum qilinishicha, Zokirov 33 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 65 kg vazndan yuqori toifada ishtirok etgan Adhamov esa bronza medali bilan taqdirlangan.