Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va Pokiston sanoat va fan bo‘yicha hamkorlik qiladi
Qozog‘iston va Pokiston sanoat, fan va farmatsevtika bo‘yicha hamkorlik qiladi. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan muzokaralari yakunlariga ko‘ra berilgan brifingda aytildi.
Eslatib o‘tamiz, u kecha Qozog‘istonga rasmiy safar bilan tashrif buyurdi.
“Biz fan, iqtisodiyot, transport va havo aloqalari sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldik”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Nazarboyev, o‘z navbatida, asosiy e'tibor transport aloqalarini rivojlantirishga qaratilishini, bu o‘zaro tovar aylanmasining o‘sishiga olib kelishini ta'kidladi.
“Qozog‘istonning “Nurli jo‘l”, Xitoyning “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” dasturlari, shuningdek, Qoraqurum yo‘li davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning faollashuviga olib keladi. Shu bilan birga, Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron temir yo‘li Pokistonning dengiz portlariga chiqish imkoniyatini yaratib beradi.
Bularning bari savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi”, - dedi Qozog‘iston rahbari.
Shuningdek, sanoat, farmatsevtika, energetika, fan va harbiy-texnik sohalardagi konkret loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma'lum qilindi.