Iqtisodiyot | 15:22 / 27.08.2015
4323
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Ukrainaning qarzidan voz kechmaydi

Rossiya Ukraina qarzini restrukturizatsiya qilishda ishtirok etmaydi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi. Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning so‘zlariga qaraganda, qarzlar to‘la hajmda to‘lanishi kerak.

Ilgariroq Ukraina asosiy kreditorlari bilan qarzning 20 foizini o‘chirishga kelishib olgani, bu mamlakat qarzlarini 3.6 mlrd dollarga qisqartirish imkonini berishi aytilgan edi. Kiyev Rossiyani ham, boshqa kreditorlar bilan bir qatorda, qarzni restrukturizatsiya qilishning shu shartlariga ko‘nishga chaqirdi. Ammo Rossiya qarzlardan voz kechishni istamayapti.

2013 yil oxirida Rossiya Ukrainaning yevrobondlarini 3 mlrd dollarga sotib olgan edi. Bu qarz dekabr oyida yopilishi kerak.
Ukraina keyingi 4 yil davomida tashqi qarzlarni to‘lashda 15 mlrd dollar tejashi va 2020 yilga kelib YaIM bo‘yicha qarzdorlikni 71 mlrd dollarga qisqartirishi kerak. Xalqaro valyuta jamg‘armasining kredit dasturlari shartlari shuni ko‘zda tutadi.